O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan so‘mga xorijiy valyuta kurslari 2023-09-22 USD - 12190.01 EUR - 12987.24 GBP - 14982.74 JPY - 82.29 KZT - 25.55 CNY - 1668.42

O‘ZBEKISTON TO‘QIMACHILIK SANOATI GERMANIYADA NAMOYISH ETILGAN


O‘ZBEKISTON TO‘QIMACHILIK SANOATI GERMANIYADA NAMOYISH ETILGAN

Ko'rgazma har yili Germaniyaning iqtisodiy poytaxtlaridan biri - Frankfurt-Mayn shahrida o'tkaziladi va butun dunyodan 60 000 professional tashrif buyuruvchilar va 3 000 dan ortiq eksponentlarni jalb qiladi. Xalqaro sertifikatlarga ega 15 ta mahalliy korxona vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida ishtirok etmoqda. Tadbir davomida uning ishtirokchilari O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining joriy salohiyati va istiqboldagi rejalariga oid taqdimot materiallari bilan tanishish, shuningdek, mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini Germaniyaga eksport qilish sohasida o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzish imkoniga ega bo‘ldi. Xorijlik ishtirokchilar o‘zbek trikotaj mahsulotlarining narx-sifat nisbati qulayligini katta qiziqish bilan qayd etib, uzoq muddatli hamkorlikka intilishlarini bildirdilar. Maykl Borchmann, Xitoy xalqaro investitsiya kompaniyasining savdo agenti: – O‘zbekiston har yili jahon to‘qimachilik sanoatida alohida o‘rin egallagan o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining sifati va nafisligini namoyish etmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston qiziqarli tarixiy va madaniy o‘tmishga ega mamlakatdir. Yurtingizda 2 marta bo‘lganman va u mening qalbimda alohida o‘rin tutadi. Nargiza Maxkamova, Textima Export Import GmbH kompaniyasining hududiy savdo bo‘yicha menejeri: – Bugun biz Frankfurt-Mayn shahrida yillik “Heimtextil – 2023” to‘qimachilik ko‘rgazmasida turibmiz. Men nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham tanilgan “Textima Export Import GmbH” kompaniyasi vakiliman. Biz xorijiy kompaniyalar bilan samarali hamkorlik qilib, O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha turli loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. So‘nggi yillarda mamlakatimizda to‘qimachilik sanoati jadal sur’atlar bilan rivojlanayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. O‘zbek maishiy to‘qimachilik go‘zalligini butun dunyoga ko‘rsatish uchun bizda ko‘proq imkoniyatlar mavjud. Umuman olganda, 2022-yilning 10 oyi davomida o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari eksporti yillik o‘sish 10,7 foizni tashkil etib, 2,6 milliard AQSh dollaridan oshdi. 2025 yilga borib toʻqimachilik mahsulotlari eksporti 7 milliard dollargacha oʻsishi kutilmoqda. Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari yaratilayotgani, rahbariyatning mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga intilishi, yangi investorlarni jalb etishga intilishi o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda 200 dan ortiq to‘qimachilik sanoati mavjud bo‘lib, ularning har biri ham mamlakat ichida, ham xorijda salohiyatli iste’molchilarga ega. Germaniyaning "Karl Mayer Stoll Textilmaschinfabrik Deutchland" kompaniyasi vakili Mattias Myuller: - Men Darnierda ishlaganman va O'zbekistonga tez-tez kelib turardim. Hozir men Karl Mayer Stoll Textilmaschinfabrik Deutchland kompaniyasida to‘quv va tayyorlash dastgohlari savdosi bilan shug‘ullanaman. Bugun shunday ulug'vor ko'rgazmada bo'lganimdan xursandman. Bu yerda eski va yangi hamkorlar bilan uchrashish uchun ajoyib imkoniyat. Kelgusi samarali hamkorlikni orziqib kutaman. Sizning stendingiz juda chiroyli va ko'pchilikni o'ziga jalb qiladi, bu investorlar uchun yaxshi belgidir.